Markaziy Osiyo Vikianjumani — 2025

Translate this post

Mamnuniyat bilan shuni e’lon qilamizki, Markaziy Osiyo Vikimedia jamoalari ilk bor Markaziy Osiyo anjumani — 2025da birlashadilar!

2025-yilgi Markaziy Osiyo anjumani — 2025 19—20-aprel kunlari Oʻzbekistonning Toshkent shahrida Xalqaro diplomatiya maktabida (Diplomat International School) boʻlib oʻtadi. Xalqaro diplomatiya maktabi Toshkentdagi nufuzli nodavlat ta’lim muassasasi hisoblanadi. 2018-yilda ochilgan ushbu maktab ikkita zamonaviy uslubdagi binoga ega boʻlib, Toshkentdagi eng yaxshi 10 ta nodavlat ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Anjuman Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi tomonidan tashkil qilinadi.

Vikimedia Jamgʻarmasining Konferensiya fondi tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan ushbu muhim tadbir Markaziy Osiyo va unga yaqin hududlardan 50 dan ortiq vikimediachilarni bilimlarini almashish, hamkorlik qilish va Vikimedia harakatini rivojlantirish uchun birlashtiradi.

Markaziy Osiyodagi birinchi mintaqaviy anjuman Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston, Eron va qoʻshni hududlarning Vikimedia jamoalari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan. Tadbirning asosiy maqsadi Vikimedia harakati toʻgʻrisida xabardorlikni oshirish va hamkorlikni rivojlantirishdir.

Interaktiv seminarlar orqali ishtirokchilar tahrirlash, loyihani boshqarish va texnik koʻnikmalarni rivojlantirish bilan birga asosiy mintaqaviy muammolar va kelajakdagi tashabbuslarni muhokama qiladilar. Anjuman jarayonida ishtirokchilarning oʻzaro aloqa qilishi, muloqot qilib maʼlumot almashishi masofalar va chegaralarni kesib oʻtuvchi mustahkam sheriklikni yaratish imkoniyatlarini taqdim etadi. Ushbu anjuman Markaziy Osiyoda Vikimediya uchun mustahkam birlik va yorugʻ kelajakka qaratilgan muhim qadamdir.

Tashkiliy jamoa nomidan

Can you help us translate this article?

In order for this article to reach as many people as possible we would like your help. Can you translate this article to get the message out?

Notify of
0 Comments
Inline Feedbacks
View all comments